DANTES xoldingi Guliston jamoat transportini modernizatsiya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli transport loyihasini amalga oshirishni davom ettirmoqda. Yo‘nalishning asosiy aktivi har kuni shahar yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatadigan 52 ta Yutong avtobusidan iborat zamonaviy avtopark bo‘ldi.
Transportning uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun kompaniya o‘zining «Guliston 2535» logistika habini — Logistika va texnik xizmat ko‘rsatish markaziy tugunini tashkil etdi:
«Isonchli transport — bu zamonaviy shaharning asosidir. Biz nafaqat harakatlanuvchi tarkibning o‘ziga, balki unga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasiga ham sarmoya kiritmoqdamiz. Barqaror rivojlanish strategiyasi doirasida biz bosqichma-bosqich elektrobuslarni joriy etish va quvvatlash infratuzilmasini yaratish ustida ham ishlamoqdamiz, bu Guliston jamoat transportini chinakamiga ekologik toza qilish imkonini beradi», — deya ta'kidlashdi DANTES transport bo‘linmasida.
Loyiha allaqachon mintaqadagi yo‘lovchi tashishning salmoqli qismini qamrab olgan hamda kompaniya missiyasiga kiritilgan mas'uliyat va innovatsiya tamoyillariga muvofiq rivojlanishda davom etmoqda.